Qirg‘izistonda “Salimboyvachcha”ga aloqador yana bir shaxs qo‘lga olindi (video)
Olam
−
29 avgust
12670Qirg‘izistonning Qizil-Qiya shahrida kriminal avtoritet, uyushgan jinoiy guruh rahbari “Salimboyvachcha” – Salim Abduvaliyev tarafdori bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Salim Abduvaliyevning jinoiy faoliyatiga aloqador bo‘lgan ushbu shaxs 1956 yilda tug‘ilgan M.M. ismli Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib, u Qizil-Qiya shahrida yashagan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs “Salimboyvachcha”ga hurmat-ehtirom ko‘rsatgan, shuningdek, ilgari Toshkent shahrida ushlangan, 1978 yilda tug‘ilgan Z.E.T. ismli shaxs bilan birga suratga tushgan.
Tergov tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekistonda uyushgan jinoiy guruh rahbari bilan uchrashgan holatlarni aniqlash maqsadida qo‘lga olingan shaxs Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga olib borilgan.
“U yerda o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida M.M. jinoiy mafkuradan voz kechdi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uyushgan jinoiy guruhlarni moliyalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida Qirg‘iziston Jogorku Keneshning sobiq deputati Nurgazi Adirayevich Aydarov qidiruvga berilgandi. Aydarov xalqaro uyushgan jinoiy guruhlar a’zolari, jumladan, “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevning faoliyatini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan.
LiveBarchasi