Qirg‘izistonda maktablar 12 yillik bo‘ladi

Olam

image

Qirg‘izistonda 2025 yildan boshlab maktab o‘quvchilari uchun 12 yillik o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatda umumiy ta’lim tizimini 12 yillikka o‘tkazish konsepsiyasi tasdiqlangan va dastur 2025 yildan e’tiboran amaliyotga joriy qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 12 yillik maktabni tugatganlik to‘g‘risidagi attestatlar 2027-2028 o‘quv yilidan boshlab berilishi belgilangan.

“Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalar va bilimlarni rivojlantirish hamda bitiruvchilarni mehnat bozorida raqobatbardosh qilish maqsadida 12 yillik o‘quv tizimiga o‘tish konsepsiyasi Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi tomonidan xalqaro standartlar va boshqa davlatlarning muvaffaqiyatli tajribalariga asoslanib ishlab chiqilgan. Ushbu konsepsiya ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlangan”, deyiladi xabarda.

Konsepsiyaga ko‘ra, yangi maktab ta’limi tuzilmasi bir necha yil davomida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu jarayon o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, o‘quv standartlari va dasturlarini yaratish hamda moslashtirishni, shuningdek, maktablarning infratuzilmasini yangilashni o‘z ichiga oladi.

Hozirgacha Qirg‘iziston maktablarida 11 yillik ta’lim tizimi amal qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing