Qirg‘izistonda kuchli sel sakkiz kishini oqizib ketdi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Aksiy tumanida kecha, 12 iyul kuni kuchli sel sakkiz kishini oqizib ketdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, yetti kishining jasadi topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning olti nafari bir oila a’zosi hisoblangan. 

Qayd etilishicha, hozirda 2016 yilda tug‘ilgan qizning jasadini qidirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.  

Ta’kidlanishicha, sel toshqini ikki joyda yuz bergan: Jolborst qishlog‘ida sel ko‘prikni vayron qilgan va yo‘llarni yuvib ketgan. Shuningdek, soat 20:30 da kuchli yomg‘ir tufayli sel Mal-Qaldi yayloviga olib boradigan yo‘lni yuvib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston sel

Baholaganlar

223

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing