Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan shifokorlar soni 100 nafardan oshdi

Olam

image

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan tibbiyot xodimlarining soni 104 kishiga yetdi. Bu haqda COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha respublika shtab-kvartirasi ma’lum qildi.

“5 nafar tibbiyot xodimida COVID-19 tasdiqlangandi, ularning 4 tasi Bishkekda qayd etilgan”, dedi bosh shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda Respublikada koronavirus infeksiyasining 17 ta yangi holati qayd etilgan. Bemorlaning soni umumiy hisobda 466 kishini tashkil etmoqda. Infeksiya oqibatida besh kishi vafot etgan. Koronavirus bilan og‘rigan o‘n bir nafar bemorning ahvoli og‘ir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7,5 mingdan ortiq odam kasallik yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lgan. 91 bemor shifo topgan.

Kasallikning tarqalishi munosabati bilan Qirg‘izistonda favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi. Bir qator shaharlarda, shu jumladan, poytaxtda favqulodda holat e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing