Qirg‘izistonda qo‘shin qo‘mondoni davlat mulkini o‘marishda gumonlanib qo‘lga olindi
Olam
−
21 dekabr 2021
6813Qirg‘iziston Ichki qo‘shinlari qo‘mondoni Islombek Kenjequlov o‘ta yirik miqdordagi mol-mulkni o‘zlashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasidagi manba ma’lum qildi.
“Kenjequlov ichki qo‘shinlarda byudjet mablag‘lari bilan moliyaviy firibgarlik sodir etish bo‘yicha tergov doirasida qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yaqin orada sud qo‘mondonga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasini ko‘rib chiqadi.
Ma’lumot o‘rnida, shu oy boshida Qirg‘iziston Harbiy prokuraturasi ichki qo‘shinlarning bir qator mansabdor shaxslariga nisbatan “Xizmat vakolatini suiiste’mol qilish”, “Firibgarlik” kabi moddalar bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan.
Dastlabki tergov natijasida Qirg‘iziston Ichki qo‘shinlarining bir qator mansabdor shaxslari shaxsiy tarkibga oziq-ovqat va kiyim-kechak xarid qilish uchun front kompaniyalari hisob raqamlariga byudjet mablag‘larini o‘tkazib kelayotgani aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gap 34 million qirg‘iz somi (taxminan 400 ming dollar) miqdoridagi zarar haqida ketmoqda.
LiveBarchasi