Qirg‘izistonda qor yog‘di
Olam
−
02 Sentabr
47094Qirg‘izistonning 3200 metr baland tog‘li hududidan o‘tgan “Bishkek-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Too-Ashu” va “Ala-Bel” dovonlarida ayni dam qor yog‘ib turibdi. Bu haqda mamlakatning Transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
“Havoni quyuq tuman qoplagan bo‘lib, hozirda yomg‘ir va qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Lekin qor bir zumda erib bormoqda”, deyilgan vazirlik xabarida.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Norin, Issiqko‘l, Chuy va Talas viloyatlarida yo‘llar ochiq. “Bishkek-O‘sh” avtomobil yo‘lida ham harakat odatdagidek davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Qozog‘iston shimolidagi Oqmola viloyatida qor yog‘ishi sababli respublika va viloyat ahamiyatiga ega yo‘llarning bir qancha uchastkalarida transport harakati cheklangandi.
LiveBarchasi