Qirg‘izistonda deputat energetika vazirini javobgarlikka tortishga chaqirdi

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti majlisida deputat Tazabek Ikramov energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qish davriga tayyor emasligi uchun tanqid qildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Deputat Tazabek Ikramovga ko‘ra, davlatga zarar yetkazadigan odamlar hokimiyatga kelgan.

“Siz faqat chiroqlarni o‘chirish uchun kelasiz, xuddi 2009 yildagi kabi. Nima uchun 2010 yildan beri uzilishlar bo‘lmadi? Siz hokimiyatga kelguningizga qadar uzilishlar bo‘lmagan”, degan deputat majlisda.

Vazir mamlakatda bu yilgi kabi sovuqlar bir necha yil bo‘lmaganini ta’kidlab, deputatning fikriga qarshi chiqdi. 

“Kimdir javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi va ishlashi kerak. Hali bunday odamlar yo‘q. Men o‘z amal kursimni ushlab turganim yo‘q. Agar kimdir mening o‘rnimga kelib, mamlakatni qiyin vaziyatdan olib chiqishini aytsa, men ketaman”, deya energetika vaziri deputatga javob bergan.

Tazabek Ikromov vazirni ishdan bo‘shatish o‘rniga javobgarlikka tortish kerakligini aytgan.

Qirg‘iziston energetika vazirligi mamlakatda elektr o‘chirilganini tan olgan. Agar elektr energiyasida uzilishlar bo‘lmasa, odamlar bir oy davomida yorug‘liksiz qolishlari mumkin, chunki ta’mirtalab uskunani tiklash kerak bo‘ladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing