Qirg‘izistonda 223 bosh qoramol tiriklay yonib ketdi (video)
Olam
−
20 iyul 2022
16465Joriy yilning 17 iyul kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi yirik fermada yong‘in yuz berdi. Oqibatda 200 dan ortiq qoramol nobud bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, jami 2 ming metr kvadrat maydonga o‘t ketgan. Yong‘inni o‘chirish uchun yettita o‘t o‘chirish brigadasi, maxsus texnikalar, gaz va elektr ta’minoti korxonalari xodimlari jalb etilgan.
Hodisa oqibatida 223 bosh qoramol va 30 ming bog‘lam pichan yonib ketgan. Shu bilan birga 1000 ga yaqin buqalar tirik qolgan.
Yong‘in qanday kelib chiqqani va yetkazilgan zarar miqdori hozircha ma’lum emas. Mahalliy OAV hisob-kitoblariga ko‘ra, yong‘in tufayli fermer ko‘rgan zarar 27 mln somga baholangan.
LiveBarchasi