Qirg‘izistonda 18 yoshli o‘zbekistonlik yigit mashinada jarlikka quladi

3-sahifa

image

Qirg‘iziston Respublikasida 18 yoshli farg‘onalik yigit mashinada jarlikka qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona vilioyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 21 iyul kuni So‘x tumani Lenbur mahallasida yashovchi 18 yoshli yigit Nexia-3 rusumli avtomashinani boshqarib yo‘lga chiqqan. U So‘x-Rishton avtomobil yo‘lining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Bujay ayili hududidan o‘tgan joyida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda mashina jarlikka ag‘darilib ketgan. 

Ushbu halokatdan so‘ng, haydovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasiga uchrab komaga tushib qolgandi. Jabrlanuvchi Milliy shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston avariya Nexia-3

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing