Qirg‘izistonda ham tozalash. O‘zbekistonga aloqador jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
3-sahifa
−
04 dekabr 2023
20630Qirg‘izistonda qalbaki pullar savdosi bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bishkek shahrida “Qalbaki pul va qimmatli qog‘ozlar tayyorlash” moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Turkiyada ishlab chiqarilgan qalbaki dollarlar bilan savdo qilgan ikki qirg‘izistonlik – J.K.A. va M.K.T. jinoiy ish bilan qo‘lga olingan.
Qo‘lga olinganlar O‘zbekiston va Turkiya fuqarolari bilan til biriktirib, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududida qalbaki pullarni qayta sotish va muomalaga kiritishni amalga oshirganligi taxmin qilinmoqda.
Hozirda qalbaki banknotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullangan boshqa shaxslar aniqlanmoqda.
LiveBarchasi