Qirg‘izistonda ham aholi harorat keskin tushib ketishidan ogohlantirildi
Olam
−
05 dekabr 2023
6976Qirg‘izistonda ham hafta oxiriga kelib havo haroratining keskin tushib ketishi e’lon qilindi. Qirg‘izgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 9-12 dekabr kunlari Qirg‘izistonda ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
Ko‘p tumanlarda qor, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Yo‘llar sirpanchiq bo‘ladi, qor ko‘chishi mumkin. G‘arbiy shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha yetishi mumkin.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 9-11 dekabr kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi. Tog‘li hududlarda kechasi -10 darajagacha pasayish kutilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining eslatishicha, beqaror ob-havo avtomashinalar harakati, aloqa korxonalari, energetika va kommunal xizmatlar ishini, yaylovlarda chorva mollarini boqish va saqlashni qiyinlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi ham joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalari kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi