O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi
Jamiyat
−
31 yanvar 5831 1 daqiqa
Qirg‘iziston va O‘zbekiston sudlangan fuqarolarni bir-birlariga topshiradi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi.
Qonun loyihasi Qirg‘iziston Jogorku Kenesh tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Bosh prokuror o‘rinbosari Umutkan Qo‘nkuboyeva deputatlarga O‘zbekiston Respublikasida Qirg‘iziston Respublikasining 42 nafar fuqarosi, Qirg‘izistonda esa 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazo o‘tayotgani haqida ma’lumot berdi. Bu fuqarolarning barchasi o‘z vatanlarida jazoni o‘tashda davom etadi.
Ma’lumot uchun, mamlakatlar o‘rtasida mahkumlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuv 2024 yilning 18 iyulida Toshkent shahrida tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 25 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining qirq yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida mahkumlarni ekstraditsiya qilish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun ma’qullangan bo‘lsa, 2024 yil 20 yanvarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi 2023 yil 18 iyunda Tehronda imzolangan shartnoma Senat tomonidan ratifikatsiya qilindi.
Live
Barchasi