Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Arka-2 qishlog‘ida kecha, 5 yanvar kuni noma’lum maishiy qurilmaning portlashi oqibatida ayol va uning 12 yoshli qizi jarohat oldi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ayol uydagi eski qurilish materiallari va temir-tersaklar bo‘lgan shiypon tagini tozalayotganda noma’lum portlovchi buyum (snaryad) portlagan.

“Voqea joyi darhol huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘rab olingan, hozirda hodisaning barcha holatlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Portlash oqibatida ayol va uning 12 yoshli qizi shrapneldan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Har ikki jabrlanuvchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Bundan tashqari, shu kuni Qirg‘iziston va Tojikiston huquq-tartibot idoralari vakillarining uchrashuvi bo‘lib, unda Tojikiston tomoniga voqea haqida ma’lumot berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara masalalari ikki tomonning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda hal etilgani haqida xabar berilgandi. Tojikiston bilan chegara hududidagi barcha postlar ochilishi va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tiklanishi rejalashtirilgan. 3 yil davomida yopiq qolgan chegara postlari iqtisodiy zararga olib kelgan, ammo endi savdo va hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsad qilingan. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga ko‘ra, chegaradagi kelishuvlar hal qilinishi bilan bu hududlarga investorlar va sayyohlar jalb qilinadi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing