Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham Hayit bayrami 30 martda nishonlanadi
Olam
−
25 mart
20459Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham Hayit ayyomi 30 martda nishonlanishi e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi Ramazon oyi 29 martga qadar davom etishi, shuningdek, 30 mart kuni Hayit namozi o‘qilishini e’lon qilgan.
Qozog‘iston musulmonlari idorasi ham Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining Shariat va fatvo qo‘mitasi Turkiy davlatlar tashkiloti muftiylar kengashi bilan birgalikda muqaddas oyning boshlanish sanasini belgiladi.
“Inshoolloh, 2025 yilda Ramazon oyi 1 martda boshlanib, 29 martda tugaydi. Qadr kechasi 26 martdan 27 martga o‘tar kechasida kiradi, Ramazon hayiti esa 30 mart kuni nishonlanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda ham 30 mart kuni Idi Ramazon (Id al-Fitr) bayrami nishonlanishi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi