Qirg‘iziston tibbiyot xodimlarining koronavirusga chalinish holati keskin oshdi

Olam

image

Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan odamlar soni 590 nafarga yetdi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni COVID-19 ga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtab-kvartirasi ma’lum qilgan.

“2020 yilning 21 aprelida respublikada COVID-19 ning tasdiqlangan 22 ta yangi holati qayd etildi”, dedi agentlik bosh qarorgohi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga yangi chalinganlarning yetti nafari tibbiyot xodimi bo‘lib, umumiy hisobda infeksiya yuqtirib olgan tibbiyot xodimlarining soni 147 nafarni tashkil etmoqda. 

Ushbu kasallik oqibatida 7 kishi olamdan o‘tgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 8 mingdan ortiq odam infeksiyaga chalinganlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.

Kasallikning tarqalishi munosabati bilan respublikada favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Bir qator shaharlarda, shu jumladan, poytaxtda favqulodda holat o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing