Qirg‘iziston terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi
Sport
−
18:36 601 1 daqiqa
Xorvatiyalik mutaxassis Robert Prosinechki Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda “Kyrgyzfootball” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Qirg‘iziston Futbol Ittifoqi va Robert Prosinechki hamkorlikni o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatishga qaror qilgan.
Xorvatiyalik murabbiy Qirg‘iziston terma jamoasini 2025 yil 10 dekabrdan boshlab boshqargan. Uning shartnomasi bir yilu bir oyga mo‘ljallangan edi. Agar jamoa 2027 yilgi Osiyo Kubogida munosib natija qayd etsa, shartnomani uzaytirish rejalashtirilgandi.
Prosinechki boshchiligida Qirg‘iziston terma jamoasi 4 ta uchrashuv o‘tkazdi. Jamoa 2 marta mag‘lub bo‘lib, 2 marta durang o‘ynadi va biror marta g‘alaba qozona olmadi.
Qirg‘iziston terma jamoasiga tayinlanishidan avval Prosinechki Serbiyaning “Srvena Zvezda”, Turkiyaning “Kayserispor” va “Denizlispor”, Sloveniyaning “Olimpiya Lyublyana” hamda Xorvatiyaning “Rudesh” klublarida ishlagan.
Shuningdek, u Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina hamda Chernogoriya milliy terma jamoalarini boshqargan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston milliy terma jamoasi 2027 yilgi Saudiya Arabistoni mezbonligidagi Osiyo kubogida Suriya, Eron va Xitoy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.
Live
Barchasi