Qirg‘iziston SSSRdan qolgan madhiyasini qaytadan yozmoqchi
Olam
−
25 Oktabr
3880Qirg‘iziston o‘z madhiyasini qaytadan yozmoqchi. Bunga sabab uning ma’nan eskirganligidir. Bu haqda Qirg‘iziston parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev ma’lum qildi.
“Biz hozirgi madhiyamizni Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqanimizdan so‘ng qabul qilgan edik. Hozir biz oyoqqa turgan va taraqqiyot yo‘lidan borayotgan davlatmiz. Shuning uchun madhiyamizni o‘zgartirishimiz lozim”, dedi u davlat arbobi Imanala Aydarbekov tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston davlat madhiyasi 1992 yil 18 dekabrda Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlangan. Dastlab u uch band va naqarotni o‘z ichiga olgan, ammo 2012 yil 27 dekabrda Jogorku Keneshining qarori bilan ikkinchi band olib tashlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Qirg‘iziston davlat bayrog‘ini o‘zgartirgandi. Qozog‘istonda esa joriy yilda davlat gerbini o‘zgartirish taklif qilindi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev yangi davlat gerbining eng yaxshi eskizini yaratish uchun ochiq tanlov e’lon qilishni taklif qildi.
Maryam Choriyeva
LiveBarchasi