Qirg‘iziston sobiq Bosh vaziri 18 yilga “kesildi”

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Sapar Isoqovga hukm o‘qildi. Ta’kidlanishicha, amaldor 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ish Bishkekning Pervomayskiy tuman sudida sudya Marat Siddiqov raisligida ko‘rib chiqilgan. Sud hukumatning sobiq rahbari Sapar Isoqovni Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 319-moddasi (korrupsiya) bo‘yicha aybdor deb topdi va 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sud qarori bilan, Sapar Isoqov tarixiy muzeyni rekonstruksiya qilishda, shuningdek, Cho‘lpon-ota shahridagi estakadani rekonstruksiya qilish jarayonida korrupsiyaga aralashganlikda aybdor deb topildi. Ushbu ikki holatning har biri uchun u 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud shundan so‘ng unga 16 yil qamoq jazosi belgilab qo‘ydi. Natijada Bishkek issiqlik elektr stansiyasini rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi sud qarori inobatga olinib, Sapar Isoqov 18 yil qamoq jazosiga mahkum qilindi.

Isoqov qattiq tartibli koloniyada saqlanishi belgilab qo‘yildi .Shuningdek, Sapar Isoqov davlatga 247 million 650 ming 281 som (taxminan 3,3 million dollar) to‘lashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev ustidan ham sud jarayoni ketmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bosh vazir

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing