Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi. Nima uchun?

Olam

image

Joriy yilning 18 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahrida taksichilik qiluvchi Shamil Muratov ismli Qirg‘iziston fuqarosi yo‘lovchi tomonidan kaltaklandi. U  avtomobiliga chiqqan yo‘lovchining salonda pivo ichish haqidagi talabini rad etgan. Bunga javoban, yo‘lovchi unga tan jarohati yetkazgan. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Voqeadan so‘ng Shamil Muratov politsiyaga murojaat qilgan bo‘lsa-da holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan. 

Shunga ko‘ra, Qirg‘iziston elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yubordi.

 “AKIpress”ning yozishicha, hozirda mazkur holat nazoratga olingan va tergovga Qirg‘iziston politsiyasining Rossiyadagi vakolatxonasi ham aralashgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Rossiyadagi migratsiya markazida o‘zbekistonlik yigit kaltaklangan edi.  O‘shanda o‘zbekistonlik migrant Rossiya fuqarosini sudga bermagan. Ammo Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan tegishli organlarga nota kiritilganini ma’lum qilgandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston nota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing