Qirg‘iziston prokuror qotilini Rossiyaga topshirdi

Olam

image

Qirg‘iziston Butir tumanlararo prokurorining yordamchisi, prokuror Dmitriy Nekrasovning o‘limida ayblanayotgan Maksim Lunegovni Rossiyaga topshirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lunegov Moskvaga olib borilgan va ayni paytda tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, u 2019 yilning noyabr oyida Qirg‘izistonda qo‘lga olingan edi. U Butir tumanlararo prokurori Dmitriy Nekrasovning qotilligida ayblangan. Marhum 2019 yilning may oyida o‘z uyida jonsiz holatda topilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston

Baholaganlar

346

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing