Qirg‘iziston Prezidentiga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)
Olam
−
23 mart
24045Bugun, 23 mart kuni Qirg‘iziston maxsus xizmatlari mamlakat rahbariyatiga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan transmilliy uyushgan jinoiy guruhning besh nafar a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat maxsus xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, xorijiy fuqarolar va davlatlararo qidiruvga berilgani shubha ostiga olingan uyushgan jinoiy guruhlarning noqonuniy faoliyatini aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha tezkor tadbirlarni tashkil etish chog‘ida transmilliy uyushgan jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan Ozarbayjonning 5 nafar fuqarosi qo‘lga olingan.
“Qirg‘izistonga transmilliy uyushgan jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan Ozarbayjonning 5 nafar fuqarosi – Aliyev V.M., Bag‘irov S.A., Asqarov M.O., Behbudov M.S. va Z.I. Mammadovlar qo‘lga olindi”, deyiladi maxsus xizmatlar bergan ma’lumotda.
Manbaga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Qirg‘izistonga jinoiy muhitni mustahkamlash va o‘g‘rilar mafkurasini tarqatish, shuningdek, ularning mavqeini oshirish maqsadida mamlakat rahbariyatiga suiqasd uyushtirish maqsadida kelganlikda gumon qilinmoqda.
"Ularning jinoiy rejalari davlatning uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi faol kurash siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, bu butun postsovet makoniga ta’sir ko‘rsatdi va xorijiy jinoiy yetakchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Falastin Prezidenti Mahmud Abbosga suiqasd uyushtirilgan edi.
LiveBarchasi