Qirg‘iziston Prezidenti ham Makron bilan uchrashdi  

Olam

image

Kecha, 10 noyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Parijga amaliy tashrifi doirasida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, yetakchilar Qirg‘iziston-Fransiya hamkorligining dolzarb yo‘nalishlari, shuningdek, hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.

Sadir Japarov Emmanuel Makronga Fransiyaga tashrif buyurish va Parij tinchlik forumida ishtirok etish taklifi, o‘z vaqtida bo‘lgan birinchi “Yagona sayyora” muzlik va qutb sammiti uchun minnatdorlik bildirgan.

“Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va ularni sheriklik darajasiga, jumladan, transport, savdo-iqtisodiy sohalarda rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Fransiya Prezidenti energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik faollashganini ijobiy misol sifatida qayd etib, Electricite de France va Total kompaniyalarining Qirg‘izistonda ishlash niyatini ta’kidlagan.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash uchun siyosiy muloqotni davom ettirish muhimligini qayd etgan. Japarov Makronni Qirg‘izistonga tashrif buyurishga taklif qilgan va taklif qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Emmanuel Makron Qozog‘iston va O‘zbekistonga kelgan, Prezidentlar Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing