Qirg‘iziston parlamenti spikeri ruscha gapirgan vazirga e’tiroz bildirdi
Olam
−
15 dekabr 2022
5739Bugun, 15 dekabr kuni Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev qonunchilik assambleyasi yig‘ilishida Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Dinara Qutmanovaga rus tilida so‘zlagani uchun e’tiroz bildirdi.
Yig‘ilishda deputatlar va mutasaddilar Bishkekdagi tutunga qarshi kurash usullarini muhokama qilgan.
Bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot bilan so‘zga chiqqan Qutmanova ma’lumotlarni rus tilida o‘qishga ruxsat so‘ragan va darhol hisobot berishni boshlagan.
Spiker Nurlanbek Shakiyev “ruscha so‘zlash uchun kimdan ruxsat so‘rading, nega qirg‘izcha emas?” deya ma’ruzachining gapini bo‘lgan. Keyin esa u tartibli ohangda davlat tilida gapirishni talab qilgan.
Qutmanovaning ta’kidlashicha, deputatlar va Nurlanbek Shakiyevning o‘zi rus tilida hisobot berishga ruxsat bergan. Biroq spiker qoidalar bir xilligini va qirg‘izchada hisobot berish kerakligini aytadi. Vazir esa nutqini qirgiz tilida davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda rus tili rasmiy til maqomiga ega.
LiveBarchasi