Qirg‘iziston orqali AQSHdan Rossiyaga qurol olib o‘tgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Olam

image

AQSHdan qurol sotib olib, Qirg‘iziston orqali Rossiyaga olib o‘tmoqchi bo‘lgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, maxsus xizmatlar uch yildan beri qurol olib yurgan Qirg‘iziston, Rossiya va AQSH fuqarolaridan iborat guruhni ashyoviy dalillar bilan ushlagan. 

Ular noqonuniy ravishda Glock, CZ, SIG Sauer rusumli to‘pponchalar, AR-15, SIG Sauer 5,56-223 millimetr kalibrli avtomatlar, Benelli Armi miltiqlari va ularning o‘q-dorilarini olib o‘tgan.

Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi va boshqa shaxslar Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi veb-saytlardan o‘qotar qurol sotib olib, ularni turli qurilmalarga yashirib, pochta orqali Qirg‘izistonga olib kelib, o‘sha yerda yig‘ib, Rossiyaga jo‘natgan. 

“Ular 300 dan ortiq qurol jo‘natgan. Ularning asosiy mijozlari jinoiy dunyo vakillari sanaladi”, deyiladi xabarda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, AQSHdan navbatdagi partiyani qabul qilish chog‘ida qirg‘izistonlik fuqaro qo‘lga olinib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Sun Club” deb nomlangan yerosti kazinosi faoliyatiga chek qo‘yilgandi. Aniqlanishicha, noma’lum shaxslar maxsus jihozlardan foydalangan holda u yerda qimor o‘yinlarini tashkil qilgan. Tezkor tadbir davomida binoda qimor o‘ynash joylari topilgan. Tashrif buyuruvchilar klubning alohida xonalarida poker o‘ynagan. Gumonlanuvchi ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing