Qirg‘iziston nomini o‘zgartirish taklif qilindi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda navbatdagi konstitutsiyaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “Kirgiz Jolu” jamiyatining raisi Qodirbek Koshaliyev mamlakat nomini Konstitutsiyada “Qirg‘iz Xalq Respublikasi” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni taklif qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi Konstitutsiya qonun loyihasida xalq qurultoyi konsepsiyasi kiritilganiga muvofiq respublika xalqniki bo‘lishi kerak.

“Biz birinchi marta rasmiy ravishda xalq qurultoyi institutini Konstitutsiyaga kiritmoqdamiz. Demokratiya va davlat boshqaruvi tushunchasi mavjud. Bugun davlat xalqni o‘z qo‘l ostiga oldi. Hech bir mamlakatda xalq boshqaruvi yo‘q. Bizda esa oligarxlar mamlakatni boshqaradi.

Bizga xalq ta’sirining dastagi kerak. Barcha yuqori lavozimlar xalq qurultoyida tasdiqlanishi kerak. Shundan so‘nggina biz korrupsiyaning minimal darajasiga erishamiz va mansabdor shaxslar yanada mas’uliyatli bo‘ladi”, dedi Qodirbek Koshaliyev.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda Konstitutsiyaning yangi loyihasi ishlab chiqildi va Jo‘qorqu Kengesning 80 deputati imzosi bilan asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum tayinlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qonun parlamentning rasmiy veb-saytida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Keyinchalik, joriy yilning 22 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga qarshi namoyish va marsh (yurish) bo‘lib o‘tdi. 100 dan ortiq odam Erkinlik va Tugolbay Ata ko‘chasi kesishmasidagi temir yo‘l vokzali oldida to‘plandi.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing