Qirg‘iziston masjidlarida ham yomg‘ir so‘rab duo qilindi

Olam

image

Kecha, 5 dekabr kuni Qirg‘izistonning barcha masjidlarida juma namozi vaqtida mamlakatga qor yog‘ishini so‘rab maxsus duo o‘qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Musulmonlari Diniy Boshqarmasi (DUMK)ga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbusni Oliy muftiy Abdullaziz Zokirov ilgari surgan. U mo‘min-musulmonlarga murojaat qilib, mamlakat uchun yomg‘ir va qor yog‘ishini so‘rab duo qilishga chaqirgan.

Xabarda aytilishicha, Qirg‘izistonda hozir qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. Shunday vaziyatda Allohdan yog‘ingarchilik so‘rab ibodat qilish zarurligi ta’kidlangan.

DUMK ma’lumotiga ko‘ra, maxsus duo butun mamlakat bo‘ylab 1 334 ta masjidda o‘qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekistondagi barcha masjidlarda juma namozidan keyin yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakat istisqo namozi o‘qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston masjid yomg'ir yog'ingarchilik qor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing