Qirg‘iziston Xitoydan go‘sht importini to‘xtatdi
Olam
−
19 fevral 2020
49872020 yil boshidan buyon Qirg‘iziston Respublikasi Xitoydan bir kilogramm ham go‘sht olib kelmadi. Chunki olib kelinadigan mahsulotdan koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi mavjud. Bu haqda Respublika veterinariya inspeksiyasi direktori Qolisbek Jumakanov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi barcha chegara o‘tish punktlarida Xitoydan kelayotgan avtomashinalar dizinfeksiya qilinmoqda. Shu bilan birga respublikaga kirayotgan chet el fuqarolarining qo‘l yuklari jiddiy nazoratdan o‘tmoqda.
Rasmiyning ma’lum qilishicha, ushbu hodisa uning importiga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki respublika go‘shtni asosan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan va oz miqdorda AQSHdan olib keladi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi