Qirg‘iziston Qozog‘iston va O‘zbekistondan elektr energiyasi import qilishi mumkin 

Olam

image

Qirg‘iziston Qozog‘iston va O‘zbekistondan elektr energiyasini import qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov "Kazinform"ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Bugun dunyoda suv tanqisligi mavjud. Bizda ham shunga o‘xshash muammolar bor. Shuni ta’kidlash kerakki, agar bizning "To‘xtagul" suv omborimizdagi vaziyat hozirgidek rivojlansa, u falokatga sabab bo‘ladi. Shu sababli biz Qozog‘iston va O‘zbekistondan elektr energiyasini import qilish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz", degan Japarov. 

Manbaga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Qirg‘izistonga 0,9-1 milliard kVt elektr energiyasini eksport qilishga tayyor. 

"Biz o‘z navbatida, O‘zbekiston bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Agar tashqi tomondan yetkazib bermasak, unda o‘z kuchimiz bilan mamlakatimizni elektr energiyasi bilan ta’minlashimiz kerak, ammo natijada vegetatsiya davrida hech kimga suv yetmaydi. Natijada, "To‘xtagul" suv omboridagi suv darajasi pasayadi. Shuning uchun ham biz Qozog‘iston va O‘zbekistondan energiya import qilishimiz kerak. Bu hammamizga ma’qul bo‘ladi. Umid qilamizki, natijada vegetatsiya mavsumida davlatlararo majburiyatlarni bajaramiz", deya ta’kidlagan Qirg‘iziston Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing