Qirg‘iziston qanday qilib “qulog‘igacha qarzga botdi?”

Olam

image

Bugungi kunda Qirg‘izistonning asosiy kreditori Xitoyning “Eksimbank”i hisoblanadi. Mamlakatning ushbu bankdan 1,7 milliard dollardan ortiq qarzi bor. Qolaversa, respublika 90 foiz qarzini Almazbek Atambayevning prezidentligi davrida olgan. yuu haqda "24.kg" xabar berdi.

Qirg‘iziston “Eksimbank”dan birinchi kreditni 1992 yilda olgan. Bu miqdor bugungi me’yorlar bo‘yicha kichik edi – taxminan 5 million dollar. Respublika o‘z to‘lovlarini muntazam ravishda to‘lab borgan va 2000 yilga kelib qarzidan butunlay qutilgan.

O‘sha paytda miqdorlar kichik edi, shuning uchun unchalik tashvish tug‘ilmadi. Xitoydan bo‘lgan qarzdorlik 2008 yildan boshlab keskin o‘sishni boshladi. O‘shanda Qirg‘iziston bir yil ichida 38 million dollar qarz olgan. Va bu faqat boshlanishi edi. O‘shandan beri ko‘proq kreditlar olingan va qarzlar keskin o‘sgan.

“Eksimbank”ning kreditlash shartlari juda qattiq edi. Shuning uchun prezidentlar Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev bu bankdan pul olishga shoshilmadi. Xitoy tomonidan ajratilgan barcha mablag‘lar kredit sifatida berildi. Ular 5 yildan 11 yilgacha imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga taqdim etildi. Kredit komissiyasi yiliga 1,5-2 foizni tashkil qiladi.

Kreditlar nima uchun ishlatilgan?

Umuman olganda, Xitoy Eksport-import banki mablag‘lari hisobidan Qirg‘izistonda 2 milliard 87,6 million dollarlik to‘qqizta loyiha amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmoqda. Bu, asosan, yo‘llarni qayta tiklash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qurish hamda Bishkek issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish ishlaridir.

Qirg‘iziston Xitoydan eng ko‘p kreditlarni Almazbek Atambayev prezidentligi davrida olgan – 1,5 milliard dollardan ko‘proq (Xitoy oldidagi umumiy qarzning 90 foizi). Agar 2010 yil oxirida Xitoydan olingan qarz bor-yo‘g‘i 150,9 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda bu miqdor 1 milliard 708 million dollarga yetgan edi.

Eng qimmat loyiha shimoldan janubga muqobil yo‘lni qayta tiklash bo‘ldi. Buning uchun dastlab 399,9 million dollar ajratilgan. Keyinchalik loyiha uchun konsessiya va imtiyozli kredit shartnomalari tuzildi. Natijada birgina mazkur loyiha uchun ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 698,6 million dollarga yetdi.

Yana ikkita loyiha Qirg‘iziston uchun qimmatga tushdi. Bu “Datka-Kemin” elektr uzatish liniyasi qurilishi va Bishkek issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilishdir. Loyihaning qiymati 775,8 million dollarga yetdi.

Jinoiy ishlar va eng yuqori to‘lovlar

Xitoy mablag‘lari hisobidan qurilgan eng qimmat loyihalar ortidan turli mash-mashalar chiqdi. Issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, u davlatga 5,4 milliard so‘m zarar yetkazish ayblovlari bilan yakunlandi. Almazbek Atambayevning o‘zi ham, uning davridagi deyarli barcha amaldorlar ham Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida o‘tirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ammo Qirg‘izistondagi janjal va o‘zaro qarama-qarshiliklar Xitoy “Eksimbank”ini unchalik qiziqtirmaydi. Uning uchun muhim bo‘lgan narsa – bu majburiyatlarni qat’iy bajarish. Endi rasmiylar XXRdan qarz olishga shoshilmayapti. Sababi, ular ehtiyotkorroq bo‘lib qolganlarida emas. Shunchaki, Xitoyga qarzni to‘lashning cho‘qqisi 2025 yildan 2027 yilgacha kutilmoqda. 2034 yilga kelib Qirg‘iziston Xitoyga berilgan barcha kreditlarni to‘liq to‘lashi kerak.

Ammo bu boshqa kreditlar bo‘lmaydi degani emas. Qirg‘iziston Xitoy kompaniyalari bilan yoqilg‘i-energetika sohasida 20 ga yaqin shartnoma imzolagan. Uning shartlari noma’lum. Ular Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarz majburiyatlariga yana bir necha o‘nlab, hatto yuzlab millionlarni qo‘shishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing