Qirg‘iziston fuqarolardan Tojikistonga bormaslikni so‘rayapti

Olam

image

Rasmiy Bishkek Qirg‘iziston fuqarolariga qo‘shni Tojikiston Respublikasiga bormaslikni, sayohat rejalarini bekor qilishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligining fuqarolarga murojaatida so‘z borgan. 

Buni vazirlik Tojikistondagi cheklov choralari bilan izohlashga uringan.

“Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining Tojikiston Respublikasiga kirishini cheklash choralari ko‘rilayotgani munosabati bilan vazirlik Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga Tojikiston Respublikasiga har qanday sayohat yoki Tojikiston Respublikasi hududi orqali boshqa davlatlarga tranzit yo‘nalishidan vaqtincha bosh tortishni tavsiya qiladi”, deyiladi rasmiy ogohlantirishda. 

Tojikiston Respublikasiga kirish va chiqish bo‘yicha zarur ma’lumotlar va maslahatlarni olish uchun Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasining ishonch telefoni va Qirg‘iziston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasiga murojaat qilish so‘ralgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

340

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing