Qirg‘iziston elchisi Ukraina TIVga chaqirtirildi

Olam

image

Kecha, 20 iyul kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston elchisi Idris Qodirqulovni chaqirtirdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Qirg‘iziston yurisdiksiyasidan foydalanish, xususan, ikki maqsadli mahsulotlar va qurol ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yuqori texnologiyali butlovchi qismlar va mahsulotlarni yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqchi.

“Vazirlik e’tibori Qirg‘iziston Respublikasi jahon hamjamiyatining a’zosi sifatida Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar siyosatiga rioya qilish uchun javobgar bo‘lishi kerakligiga qaratildi. Qirg‘iziston hududidan Rossiya Federatsiyasiga harbiy texnika jihozlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni reeksport qilish Ukraina tomonidan Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nodo‘stona harakatlar sifatida baholanishi alohida ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni “The Washington Post” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Qirg‘izistonning bir necha kompaniyalari va jismoniy shaxslarini Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni buzgani sabab “qora ro‘yxat”ga kiritishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi respublika rasmiylari va davlat kompaniyalari AQSH va boshqa bir qator G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni buzmaganini ma’lum qildi.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasining raisi Oqilbek Japarov ham AQSH ma’muriyati Bishkekka qarshi iqtisodiy choralar tayyorlayotganiga izoh bergan. U Qozog‘istonga Xitoyda ishlab chiqarilgan dronlar Qirg‘iziston orqali olib kirilgani haqida asosli dalillar keltirilmaganini aytgan.

Kecha, 20 iyul kuni AQSH Moliya vazirligi Qirg‘izistonning to‘rtta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston elchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar