Qirg‘iziston chegarasi yaqinida O‘zbekiston harbiy texnikasi nima qilyapti?

Olam

image

Kecha, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori tumanidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasida to‘siqlar o‘rnatish ishlarini boshladi. Bu haqda Qirg‘izistondagi mahalliy OAV xabar bermoqda. 

Qirg‘iziston chegarasi yaqinida O‘zbekistonga tegishli harbiy texnika ko‘rinish bergan. 

Qirg‘izistonliklar bu to‘siqlar o‘rnatilishi noqonuniy deb hisoblab, shu yerning o‘zida miting o‘tkazgani aytilmoqda. 

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati Aravan tumani Kerkidan qishlog‘i hokimi Kurmanbek Aytibayev tumanda vaziyat barqaror ekanligi va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilganini ma’lum qilgan. 

Aytibayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston harbiylari Kerkidan suv ombori yaqindagi “o‘z uchastkasida” to‘siqlarni o‘rnatishgan.

“Bu uchastkada ikki davlat idoralari tomonidan amalga oshirilgan muzokaralarda hisobga olingan. Biroq davlat chegara belgilari o‘rnatilmagan... Huquq-tartibot organi aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirdi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror, odamlar tarqab ketdi”, deb ta’kidladi Aytibayev.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing