Qirg‘iziston chegaradagi mojarolarda Tojikistonni aybladi
Olam
−
29 aprel 2021
14583Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegarada vaziyatni keskinlashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining chegara xizmati (GKNB) ma’lum qildi.
“Hozirgi vaziyatni hal qilish o‘rniga, tojik tomoni vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda va ikki davlatning chegaraoldi mintaqalari aholisi o‘rtasidagi muloqotda kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tojik tomonini bo‘lib o‘tayotgan voqealarga xolis baho berish va provokatsiyalarni qat’iyan bostirishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, 28 aprel kuni ikki mamlakat aholisi bir-birini toshbo‘ron qilgan voqeaga Tojikiston fuqarolarining harakatlari sabab bo‘lgan. Chunki ular “davlat chegarasining shartli chizig‘idan 3-4 metr masofada” maydalangan toshni qazib olishga harakat qilgan va “Bosh suv tarqatuvchi” korxonasiga videokameralar o‘rnatilgan ustun joylashtirgan. Qirg‘iziston tomoni ushbu hududni bahsli deb hisobladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Tojikiston bilan chegara hududida qirg‘iz va tojik fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro tojik tomonining Oqsoy ovuli Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi ustunlarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatishga qaror qilganidan keyin boshlangan.
LiveBarchasi