Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini jarohatladi

Jamiyat

image

Bugun, 31 may kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravon tumani Toguz-Buloq aholi punktida qurolli hodisa yuz berdi. Bu haqda “Knews” Chegara xizmatiga asosan xabar qilyapti.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chegarachilar chegara yaqinida O‘zbekistonning ikkita avtomobilini payqagan.

Haydovchilar chegarachilarning to‘xtash talabini rad qilgan. Chegara naryadi havoga ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Biroq mashinalar to‘xtamagan va Qirg‘iziston naryadi qurol ishlatishga majbur bo‘lib, mashinaning g‘ildiraklariga o‘q uzgan. Natijda O‘zbekiston fuqarosi jarohat olgan. U O‘zbekistonning Marhamat tumanidagi shifoxonaga olib borilgan.

Hodisa yuzasidan Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati raisi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari - DXX chegara qo‘shinlari qo‘mondoni bilan telefon orqali muloqot qilgan. Unda idoralar rahbarlari chegarachilar vakillarini hodisa yuz bergan joyga qo‘shma surishtiruv ishlarini amalga oshirish maqsadida yuborish haqidagi qarorga kelishgan.

Tafsilotlarni aniqlashtirish maqsadida Qirg‘izistonning O‘sh viloyati bo‘yicha chegara vakilining O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlarining Buloqboshi yo‘nalishi bo‘yicha chegara vakili bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing