Qirg‘iziston Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
30 aprel
5875Joriy yilning 2-3 may kunlari Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov amaliy tashrif bilan Toshkentda bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Japarov tashrifi davomida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishida hamda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Uchinchi xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
Shuningdek, Japarovning kun tartibidan energetika va qurilish sanoatida faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish, qurilish loyihalari bosh rejalari bilan tanishish ham o‘rin olgan.
LiveBarchasi