Qirg‘iziston afg‘onlarning mamlakatga kirishini chekladi

Olam

image

Qirg‘iziston Afg‘oniston fuqarolariga viza berishni deyarli to‘xtatdi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi. 

Ma’lumotlariga ko‘ra, bu qaror mintaqadagi ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi va istalmagan shaxslarning chegaradan kirib kelish xavfi, shuningdek, ko‘p sonli qochqinlarni hisobga olgan holda qabul qilingan.

Ta’kidlanishicha, cheklovlar diplomatik va xizmat vizalarini berishga taalluqli emas. Afg‘onistonlik talabalar uchun viza berish masalasi tacdiqlanish bosqichida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qirg‘iz-tojik va qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qo‘shimcha vaqtinchalik portlarni joylashtirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing