Qirg‘iziston 1,7 mlrd dollarlik suveren obligatsiyalar chiqarishga tayyorlanmoqda
Jamiyat
−
21 yanvar
1277Qirg‘iziston o‘z tarixida birinchi marta 1,7 milliard dollarlik suveren obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va savdo vaziri Baxit Siddiqov Gonkongdagi Osiyo moliyaviy forumidagi ishtirokidan so‘ng Xitoyning “China Daily” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazirning fikricha, suveren obligatsiyalar mamlakatning xalqaro kapital bozoriga kirishi uchun muhim qadam bo‘ladi. Obligatsiyalarning taxminiy muddati qariyb 10 yilni tashkil qiladi.
“Biz xalqaro kapital bozorini mamlakatimiz uchun muhim va istiqbolli moliyalashtirish manbai deb bilamiz. Taklif etilayotgan emissiya hajmi qariyb 1,7 milliard dollarni tashkil etadi, oldindan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, to‘lov muddati taxminan 10 yilni tashkil etadi”, dedi u.
Vazirning ta’kidlashicha, obligatsiyalar chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish axborot tadbirlari va rodshoularni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Ulardan ba’zilari Qirg‘iziston Osiyo mintaqasidagi asosiy moliyaviy markaz deb hisoblagan Gonkongda allaqachon bo‘lib o‘tgan.
“Biz Gonkongning moliyaviy markaz sifatidagi maqomidan investorlarning qiziqishini oshirish, kengaytirish va diversifikatsiya qilish uchun foydalanishga intilamiz”, deya xulosa qilgan vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar 3 yilga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi