Qirg‘iz xalqining tarixi 15 jildda chop etiladi
Olam
−
25 mart 2549 1 daqiqa
Qirg‘izistonda millat tarixiga bag‘ishlangan 15 jildlik fundamental ilmiy asar loyihasi tasdiqlandi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror prezident huzuridagi tarixiy fanlarni rivojlantirish komissiyasi yig‘ilishida qabul qilingan.
Yig‘ilish davlat kotibi Arslon Qo‘ychiyev raisligida o‘tkazilgan. Unda tarixiy asarning tuzilmasi va asosiy yo‘nalishlari tasdiqlangan, mualliflar jamoasi hamda qo‘lyozmalarni tayyorlash muddatlari belgilangan.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari tarixiy-madaniy merosni ommalashtirish masalalarini muhokama qilgan. Xususan, Bishkek shahrida qadimgi qirg‘iz yozma yodgorliklariga bag‘ishlangan installyatsion majmua yaratish tashabbusi ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida dunyo geografiyasi haqidagi odatiy tasavvurlarni o‘zgartiruvchi xarita o‘rnatilishi xabar qilingandi. Unda Yer markazi sifatida Yevropa yoki Yaqin Sharq emas, balki Issiqko‘l ko‘rsatiladi.
Live
Barchasi