Qirg‘iz-qozoq chegarasida Lexus portlab ketdi (video)

Olam

image

Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasida Lexus LX 470 avtomashinasi avval yonib, keyin portlab ketdi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 9 iyun kuni “Oq-Tilek” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Nazorat punkti yaqinida to‘xtab turgan Lexus LX 470 rusumli avtomashina noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan. Uni o‘z vaqtida o‘chirishning iloji bo‘lmagan va u portlagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in bo‘yicha chaqiruv o‘sha kuni soat 15:37 da kelib tushgan. Soat 15:55 da yong‘in o‘rab olingan, 16:34 da to‘liq o‘chirilgan. Portlash oqibatida avtomobil va uning atrofidagi uchta daraxt yonib ketgan. Qurbonlar yo‘q. Yong‘in sabablari aniqlanayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qirg'iz-qozoq chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing