Qimorni reklama qilgan o‘zbekistonlik bloger xalqaro qidiruvga berildi

3-sahifa

image

“Maxa.dxb” taxallusi bilan Qozog‘iston hududida faoliyat yuritgan o‘zbekistonlik bloger Mahmud Hikmatov noqonuniy internet-kazinolarni targ‘ib qilishda ayblanib, xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston sudi tomonidan 2000 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan Mahmud Hikmatovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Qayd etilishicha, mamlakat hududida 5 dan ortiq noqonuniy onlayn qimorxonalar faoliyatini ta’minlash, pul mablag‘larini qabul qilish va to‘lash, shuningdek, Qozog‘iston fuqarolarini qimor o‘yinlariga jalb qilish uchun reklamalar tarqatilgan.

Manbaga ko‘ra, mazkur totalizator o‘yinlarini targ‘ib qilish uchun tashkilotchilar blogerni jalb qilgan. Unga Qozog‘iston hududida faoliyat yurituvchi inflyuyenserlarni topish va ular orqali reklama kontenti joylashtirilishini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Hikmatov jami 35 nafardan ortiq blogerni hamkorlikka tortgan. Ular orasida bloger Hamza Q. ham bo‘lgan. Kyeng auditoriyaga ega bo‘lgan bu bloger Qozog‘iston fuqarolarini taqiqlangan qimor faoliyatiga jalb qilish maqsadida internet-kazinolarga referal havolalar joylashtirgan va har bir foydalanuvchi o‘tishi uchun mukofot olgan.

Ma’lumot uchun, Hamza Q. joriy yilning 6 avgust kuni Vetnamdan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya sudi bloger Guseyn Gasanovni sirtdan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing