Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
3-sahifa
−
31 mart
7353O‘zbekistonda qoida buzib, suddan yashiringan va mamlakatdan chiqib ketgan buxorolik fuqaro Rossiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, asli Qorovulbozor tumanidan bo‘lgan fuqaro Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan. Shundan so‘ng, u suddan yashiringanligi sababli Jinoyat ishlar bo‘yicha Qorovulbozor tumani sudi tomonidan qidiruvga berilgan.
Maxsus xodimlar tomonidan izlash davomida fuqaro Rossiya hududida aniqlanib, qo‘lga olingan.
“Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida Rossiya Federatsiyasi hududida yashiringan manzili aniqlanib, qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu fuqaro O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi tungi klublardan birida fuqaroni urib, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.
LiveBarchasi