Qibrayda “Jiguli” bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Qibray tumanida Damas hamda “VAZ-2106” rusumli avtomobillar to‘qnashdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 10 may kuni soat 08:00 larda Toshkent viloyati Qibray tumani “Tuzel” QFY hududida 1992 yil tug‘ilgan haydovchi I.T. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli transport vositasi hamda 1974 yil tug‘ilgan haydovchi R.X. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda “VAZ-2106” haydovchisi I.T. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. 

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing