Qibrayda yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 10 dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati Qibray tumani “G‘afur G‘ulom” MFY hududi A.Navoiy ko‘chasida joylashgan osh markaziga o‘t ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan yong‘in joyiga 16 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Ekipajlar yong‘in joyiga soat 03:54 yetib borib, yong‘in soat 05:50 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan somsaxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qibray

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing