Qibrayda uyida o‘q-dori yasagan shaxs aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Qibray tumanida 67 yoshli fuqaro uyida o‘q-dori tayyorlayotgani aniqlandi. Bu haqda Tergov departamentit xabar berdi.

Qibray tumani Tanovar ko‘chasida yashovchi 67 yoshli Q.T. xonadonida yashirin ravishda 19 dona 12x76 kalibrli ichi to‘ldirilgan butun holdagi patronlar, 9 dona 12x76 kalibrli gilzalar, ikki xil turdagi taxminan og‘irligi 100 gr yonuvchi porox va har xil turdagi taxminan vazni 1,5 kgni tashkil qiluvchi sochma o‘q-dorilar, shuningdek o‘q-dorilar yasash uchun mo‘ljallangan 8 turdagi detal va moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlangan. Ushbu buyumlar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Sud ballistik ekspertiza xulosasida fuqaro Q.T.ning uyidan olingan patronlar otish uchun yaroqli, gilzalar esa otish uchun yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qibray o'q-dori

Baholaganlar

85

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing