Qibrayda ikki bola kanalda cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
05 avgust 2022
23133Joriy yilning 1 avgust kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida ikki nafar 17 yoshli bola “Bo‘z-su” kanaliga cho‘kib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, 1 avgust kuni Qibray tumani “Fayzobod” MFY hamda “Mirzo Ulug‘bek” MFYda istiqomat qilgan 17 yoshli bolalar tumanning “Ahillik” MFY O‘zbekiston ko‘chasidan oqib o‘tgan “Bo‘z-su” kanaliga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlarining beshinchi kuni, 5 avgust soat 09:30 lar atrofida ulardan birining jasadi ushbu kanalning Toshkent shahar hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.
Ayni vaqtda qidiruv ishlari davom etmoqda.
LiveBarchasi