Qibrayda buzilgan dachalar ortidan: Sayilgoh emas, axlatxona bunyod bo‘ldi (anons)

Jamiyat

Bundan roppa-rosa bir yil avval Toshkent viloyati, Qibray tumani  Bo‘zsuv kanali bo‘yida qurilgan uylar va dala  hovlilar buzilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘t ketsa ho‘lu quruq birdek yonadi deganlaridek, bu yerda istiqomat qilayotgan mahalliy aholi vakillarining uylari hamda kattakonlarning dala hovlilari suv bo‘yidan 12 metr masofagacha bo‘lgan qismi buzib tashlanishi kerakligi aytiladi. Bosh vazir Abdulla Aripovning o‘zi kelib, aholi bilan uchrashadi, xullas, ularni ko‘ndiradi. Bu yerlarda sayilgoh qurilishini va’da qiladi. 

Oradan bir yilga yaqin fursat o‘tdi. Sayilgoh va’da qilingan hudud tashlandiq axlatxonaga aylandi. Bog‘ qilinishi va’da qilingan maydon gullarga emas, beton uyumlari va temir-tersakku burkangan. QALAMPIR.UZ ushbu masala yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi.

Tez orada ushbu surishtiruvning to‘liq videosini e’tiboringizga havola etamiz. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Qibray tumani

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing