Qibrayda Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti filiali ochiladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filiali tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 noyabr kuni farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish hamda aholini dori vositalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar tahlili va galdagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mas’ul idoralarga topshiriq bergan. 

Mutasaddilarga yaqin besh yilda mahalliy original dori vositalari sonini kamida 100 taga yetkazish hamda sanoat usulida ishlab chiqarish, shu maqsadda korxonalar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligida Qibray tumanida zamonaviy texnopark hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim dargohi filialini tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratilgan. 

Shuningdek, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi turdagi mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirib, Hindiston, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Vengriya, Bolgariya va Slovakiyaning yirik farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 

Yig‘ilishda so‘nggi ikki yilda 41 ta yangi farmatsevtika korxonasi tashkil etilib, jami korxonalar soni 191 taga yetgani, joriy yilda ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 barobarga o‘sgani aytildi. 

Farmatsevtikaga ixtisoslashgan 8 ta erkin iqtisodiy zonada qiymati 84 million dollarlik 18 ta yangi quvvat ishga tushirilib, 600 turdagi dorilar va 50 dan ortiq tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.  


Maqola muallifi

Teglar

Farmatsevtika tarmog'i

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar