Qibrayda bir oilaning 16 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 dekabr kuni taxminan soat 05:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani “Alisherobod” mahallasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi bir oilaning 16 nafar a’zolari is gazidan zaharlanib, shifoxonaga murojaat qildi. 

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, ularning orasida 11 nafari voyaga yetmagan fuqarolar bo‘lgan. Vafot etganlar yo‘q.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e’toborli bo‘lishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, deydi Tergov departamenti.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi Qibray tumani

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing