Qibray tumani hokimligi sobiq mulozimlarining firibgarligi aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimligi sobiq xodimlarining firigarlik jinoyati aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 avgust kuni IIVga fuqaro Ya.N. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi “Abdurashid” va “Orif” ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar yer maydonini sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N. nomiga rasmiylashtirib berishga va’da berib, evaziga 225 000 AQSH dollari berishini talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan. Murojaatchi ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yil 18 avgust kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani 19-mavzedagi “Qariyalar oromgohi” oldida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.O. ariza muallifi N.Yakubovadan talab qilingan 225 000 AQSH dollaridan 5 000 dollarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

A.O. bilan olib borilgan surishtiruv ishlar davomida u arizachi Ya.N.dan olgan 5.000 dollarni yer egasi T.R.ga berishi kerakligini bildirgani sababli tezkor tadbir davom ettirilib, 19 avgust kuni 2011-2018 yillar Qibray tuman hokimiyatida mas’ul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M. Qibray tumani, O‘tkir mahallasida A.O.dan 5.000 dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan, 19 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamentining Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan A.O., T.R. va A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

227

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing