Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

G‘azoliklar ortga qaytmaydi – Tramp rejasini ochiqladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning G‘azo sektorini qo‘lga kiritish g‘oyasiga sodiq qoladi. Bu haqda u bugun, 10 fevral kuni “Fox News” telekanalida efirga uzatilgan intervyusida so‘z ochdi.

Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Oq uy rahbari Yaqin Sharq davlatlariga urush oqibatida vayronagarchiliklar qayd etilgan hududlarda rekonstruksiya ishlarini olib borishga ruxsat berishga va’da berdi.

“Men Gaz sotib olmoqchiman va unga egalik qilaman. Uni qayta tiklash masalasiga kelsak, biz uni Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarga ham berishimiz mumkin, ular hududning bir qismini qurishi mumkin; Boshqa odamlar buni bizning homiyligimiz ostida qilishlari mumkin. Ammo biz unga egalik qilish, uni egallash va HAMASning qaytib kelmasligiga ishonch hosil qilish niyatidamiz. Qaytish uchun hech qanday joy yo‘q. Bu yerni buzish rejalashtirilgan”, deb ta’kidladi Amerika rahbari.

Shu bilan birga, Tramp yerda yashovchi falastinliklar o‘z uylariga qaytolmaydi, deb hisoblaydi.

“Orqaga yo‘l yo‘q. Bu yerni buzib tashlash kerak. Qolganlari buziladi. Hammasi vayron bo‘ladi”, dedi Amerika rahbari.

Ayni paytda, “Reuters” xabar berganidek, G‘azo sektoridagi falastinliklar O‘rtayer dengizi sohilidagi vayron bo‘lgan mulklarni qayta tiklamoqchi va Trampning AQSH nazorati ostida “Yaqin Sharq Rivera”sini yaratish rejalarini rad etmoqchi.

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi? north_east

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi?

Qayd etish joiz, 4 fevral kuni Tramp Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni qabul qilar ekan, Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektori ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishini va “barcha xavfli portlamagan bombalar va boshqa qurollarni olib tashlash uchun javobgar bo‘lishini”, qirg‘oq chizig‘ini “Yaqin Sharq Rivera”siga aylantirishini aytgan edi.

“Biz uni rivojlantiramiz, minglab ish o‘rinlarini yaratamiz. Bu butun Yaqin Sharq faxrlanishi mumkin bo‘lgan narsa bo‘ladi”, deydi u.

Bu G‘azoga AQSH qo‘shinlarini yuborishni anglatadimi degan savolga esa Tramp shunday javob bergandi:

“Biz kerakli narsani qilamiz”.

Netanyaxuning aytishicha, Tramp “yangi g‘oyalar bilan o‘ylaydi” va “an’anaviy fikrlashni buzishga tayyorligini ko‘rsatadi”.

Trampning taklifi falastinliklar, arab davlatlari va AQSHning ko‘plab G‘arb ittifoqchilari tomonidan keskin tanqidga uchradi. Xususan, BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan tuzilgan Falastin hududi bo‘yicha mustaqil komissiya raisi Navi Pillayning fikricha, AQSH Prezidentining falastinliklarni ko‘chirish rejasi xalqaro qonunlarga ziddir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va ehtimol Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan G‘azo masalasini muhokama qilish va ularni ko‘ndirish uchun uchrashmoqchi ekani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing